Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Marokashdagi vayronkor zilzila. So‘nggi ma’lumotlar
Marokashdagi 7,2 magnitudali zilzila oqibatida ikki mingdan ortiq kishi halok bo‘lib, ikki mingdan ortiq kishi jarohat olgan. Marrakish shahrining tarixiy markazi vayron bo‘lgan.
Foto: Fadel Senna / AFP / Scanpix / LETA
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 9 sentabrga o‘tar kechasi, mahalliy vaqt bilan soat 23:00 dan o‘tganida Marokashning markaziy qismidagi Yuqori Atlas tog‘ida ro‘y bergan zilzila oqibatida 2012 kishi halok bo‘lgan va 2059 kishi jarohat olgan, ulardan 1404 nafari og‘ir ahvolda qolmoqda. Mahalliy amaldorlardan birining jurnalistlarga ma’lum qilishicha, qurbonlarning ko‘pchiligi yetib borish qiyin bo‘lgan tog‘li hududlarga to‘g‘ri keladi.
Qirol Muhammad VI uch kunlik milliy motam e’lon qildi va omon qolganlarga boshpana, oziq-ovqat va boshqa yordam ko‘rsatishni buyurdi.
Marokash Milliy geofizika instituti ma’lumotiga ko‘ra, 7,2 magnitudali zilzila Marrakish shahridan 70-80 kilometr masofadagi tog‘li hududda ro‘y bergan. Birinchi silkinishdan 19 daqiqa o‘tib 4,9 magnitudali ikkinchisi sodir bo‘lgan.
AQSh Geologiya xizmati zilzila kuchini 6,8 magnitudaga baholagan va epimarkaz yer yuzasiga nisbatan yaqin joylashganini bildirgan — 18,5 kilometr. Mamlakat ichki ishlar vazirligiga ko‘ra, yer osti silkinishi Al-Hauz, Uarzazat, Marrakish, Azilal, Shixaua va Tarudant provinsiyalarini qamrab olgan.
Yer qimirlashi Atlantika okeani sohilidagi Rabot, Kasablanka va As-Suveyra shaharlarida ham sezilgan.
Al Maghribi Al Youm / Reuters / Scanpix / LETA
Hodisa haqidagi ma’lumotlar bir necha soat o‘tibgina kela boshlagan. Dastlab Reuters agentligi mahalliy amaldorlardan biriga asoslanib, o‘nlab qurbonlar haqida xabar bergandi. U o‘lim holatlarining aksari yetib borish qiyin bo‘lgan tog‘li hududlarda ro‘y berganini qayd etgan.
Keyingi soatlarda qurbonlar va jarohat olganlar soni to‘xtovsiz o‘sib bordi, IIVning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar soni 2012 nafarni tashkil etmoqda va bu raqam yana o‘sishi mumkin.
Zilzila oqibatida epimarkazga eng yaqin joylashgan yirik shahar bo‘lmish Marrakishda turar joylar va boshqa binolar qulab tushgan. YuNeSKO Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Eski shaharda yashovchilar uylari qulab tushgani haqida xabar berishgan. Mahalliy telekanallarda masjid binosi shikastlangani, avtomobillar yakson bo‘lgani aks etgan tasvirlar berilgan.
AFP / Scanpix / LETA
Restoranlardan biridagi kameradagi yozuvda odamlar terrasada ovqatlanib o‘tirgani va silkinishdan keyin u yerdan otilib chiqib, binodan uzoqroqqa ketishga harakat qilgani aks etgan.
Qutqaruv xizmatlari xarobalarni tozalash ishlarini davom ettirmoqda.
Zilzila ta’sir qilgan hududlarda mobil aloqa va elektr energiyasi ta’minotida muammolar kuzatilmoqda.
Hindiston va Yevroittifoq mamlakatlari Marokash hukumatiga yordam berishga tayyorligini bildirgan.
Fadel Senna / AFP / Scanpix / LETA
Fadel Senna / AFP / Scanpix / LETA

Mavzuga oid
11:41 / 25.04.2026
Marokash turizmni kuchaytirish uchun yirik megaloyiha ochdi
11:30 / 18.03.2026
Senegaldan Afrika chempionligi qaytarib olindi va Marokashga berildi
11:31 / 19.01.2026
Finalda drama. Senegal maydonni tashlab ketdi, lekin qaytib chempionga aylandi
11:56 / 03.10.2025