Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston «Dunyodagi baxtiyorlik hisoboti»da bir pog‘ona pastladi
Markaziy Osiyoning uchta davlati – Qozog‘iston, O‘zbekiston va Tojikiston 2023 yilgi «Dunyodagi baxtiyorlik hisoboti»ga kiritildi.
«Dunyodagi baxtiyorlik hisoboti» (The World Happiness Report) BMT barqaror rivojlanish yechimlari bo‘limi tomonidan har yili e’lon qilinadi.
2011 yil iyul oyida BMT Bosh Assambleyasi a’zo davlatlarni o‘z xalqi baxtiyorligiga baho berishga va undan o‘z davlati siyosatida qo‘llanma sifatida foydalanishga chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qilgan edi. Shundan so‘ng, 2012 yilda Butan bosh vaziri Jigme Tinli raisligida BMT «Baxt va farovonlik: yangi iqtisodiy paradigmani aniqlash» mavzusida birinchi oliy darajadagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu tasodif emas, chunki Butan rivojlanishning asosiy ko‘rsatkichi sifatida yalpi ichki mahsulot o‘rniga Yalpi milliy baxt ko‘rsatkichini rasman qabul qilgan dunyodagi birinchi va hozircha yagona davlatdir.
O‘zbekiston 2023 yilgi hisobotda (.pdf) 54-o‘rinda qayd etildi. Bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichga nisbatan bir pog‘ona past hisoblanadi.
Markaziy Osiyo davlatlari orasida Qozog‘iston 44-o‘rindan, Tojikiston 80-o‘rindan joy olgan. Qirg‘iziston va Turkmaniston ro‘yxatga kiritilmagan.
Ketma-ket 6 yildan beri Finlandiya «Dunyodagi baxtiyorlik hisoboti» reytingida 1-o‘rinni egallab turibdi. Keyingi o‘rinlarda Daniya, Islandiya, Isroil va Niderlandiya qayd etilgan.
Gallup World Poll tomonidan so‘rovnoma usulida olingan hayot ko‘rsatkichlari yillik baxt reytingi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Respondentlardan o‘z hayotini 0 dan 10 gacha bo‘lgan shkala bo‘yicha baholash so‘raladi. Reytinglar milliy miqyosda, tanlov asosida uch yillik ko‘rsatkichlardan tuziladi.
Mavzuga oid
09:02 / 11.06.2026
Qochqinlar soni rekord darajada: BMT yangi hisobotni e’lon qildi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
08:15 / 08.06.2026
BMT kuchli El-Nino haqida ogohlantirdi
08:10 / 06.06.2026