Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning 7 yillik maqsadlari e’lon qilindi
Prezident farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston–2030” strategiyasiga ko‘ra, respublika 7 yil ichida daromadi o‘rtachadan yuqori davlatlar qatoriga kirishi, xalqaro standartlarga to‘liq javob beradigan ta’lim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimi yaratilishi, xalq xizmatidagi adolatli davlat barpo etilishi kerak.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 11 sentabr kuni imzolagan farmoni bilan “O‘zbekiston–2030” strategiyasini tasdiqladi.
Farmonning 1-bandida yozilishicha, strategiyada quyidagi asosiy g‘oyalar aks etgan:
- barqaror iqtisodiy o‘sish orqali daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar qatoridan o‘rish olish;
- aholi talablariga va xalqaro standartlarga to‘liq javob beradigan ta’lim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini tashkil etish;
- aholi uchun qulay ekologik sharoitlarni yaratish;
- xalq xizmatidagi adolatli va zamonaviy davlatni barpo etish;
- mamlakatning suvereniteti va xavfsizligini kafolatli ta’minlash.
Strategiyadagi jami 100 ta maqsad quyidagicha 5 ta yo‘nalishlarga bo‘lingan:
- Har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun munosib sharoitlarni yaratish (ta’lim, tibbiyot, ijtimoiy himoya, yoshlar siyosati, ma’naviyat masalalari)
- Barqaror iqtisodiy o‘sish orqali aholi farovonligini ta’minlash (YaIM, budjet, sanoat, investitsiya, bank, “yashil iqtisodiyot”, energetika, transport, qishloq xo‘jaligi, eksport, monopoliyalar, IT, turizm, xizmatlar, infratuzilma, uy-joy masalalari)
- Suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish
- Qonun ustuvorligini ta’minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish (mahalla, mahalliy davlat organlari, vakillik organlari, davlat xizmati, davlat xizmatlari, fuqarolik jamiyati institutlari, sud-huquq, inson huquqlari, advokatura, korrupsiya masalalari)
- “Xavfsiz va tinchliksevar davlat” tamoyiliga asoslangan siyosatni izchil davom ettirish (tashqi siyosat, Jahon savdo tashkilotiga a’zolik, xorijdagi vatandoshlar, mehnat migratsiyasi, qurolli kuchlar, favqulodda vaziyatlar, millatlararo totuvlik masalalari)
Mavzuga oid
12:08 / 26.02.2026
Yangi strategiya: O‘zbekistonning 5 yillik maqsadlari
17:16 / 24.01.2026
O‘zbekistonda pedofiliya uchun umrbod ozodlikdan mahrum etishgacha bo‘lgan jazo belgilanishi kutilmoqda
14:17 / 21.01.2026
O‘zbekiston 2030 yilgacha 20 mln sayyohni qabul qilishni rejalashtirmoqda
18:31 / 28.08.2025