“Dunyo” AA xabar qilişiça, “Özbekiston 2030 yilgaça xorijiy sayyohlar sonini 20 millionga yetkazişni maqsad qilgan” sarlavhali maqolada mamlakatda turizmni rivojlantiriş strategiyasi doirasida sohaning yalpi içki mahsulotdagi uluşini hozirgi 3,5 foizdan 7 foizgaça oşiriş rejalaştirilgani qayd etilgan. Buning uçun investitsiyalarni faol jalb qiliş, turizm xizmatlari sifatini oşiriş hamda yangi iş örinlari yaratiş muhim yönalişlar sifatida körsatilgan.

Maqolada keltirilişiça, hozirda Özbekistonga har yili 11 milliondan ortiq xorijiy sayyoh taşrif buyuradi. 2030 yilga borib mazkur körsatkiçni 20 millionga yetkaziş közda tutilgan. Şuningdek, turizm xizmatlarining yillik eksportini 6 milliard dollarga çiqariş ham maqsad qilingan.

“Kabar” naşrida turizmni rivojlantirişning asosiy omillaridan biri sifatida infratuzilmani modernizatsiya qiliş alohida ta’kidlangan. Xususan, turizm şaharlari örtasida transport qatnovini yaxşilaş, içki aviaqatnovlarni köpaytiriş hisobiga sayohat vaqtini kamida 3 barobarga qisqartiriş rejalaştirilayotgani qayd etilgan.

Şu bilan birga, maqola muallifi Özbekistonda turistik yönalişlarni diversifikatsiya qiliş, hududlarning turizm salohiyatidan töliq foydalaniş masalalariga ham alohida e’tibor qaratilayotganini bildirgan.