O‘zbekiston | 13:58 / 13.09.2023
6560
4 daqiqa o‘qiladi

Beeline Uzbekistan «Kuzgi yarmarka»ga taklif etadi!

Foto: Beeline Uzbekistan

Beeline Uzbekistan ilova foydalanuvchilariga yorqin lahzalarni tuhfa etmoqda. Joriy kuz mavsumida, 11 sentabr kuni «Kuzgi yarmarka» boshlanadi, aksiya doirasida har kuni foydali sovg‘alar yutib olish mumkin. Jumladan internet-paketlar, Mi-Fi routerlar, bonuslar va Beeline TV promokodlari taqdim etilgan. Aksiya 31 oktyabrgacha (shu kun ham kiradi) davom etadi.

Aksiya ishtirokchisi birinchi navbatda «Beeline Uzbekistan» ilovasini so‘nggi versiyasigacha yangilashi kerak. Agar bu harakat amalga oshirilgan bo‘lsa, «Kuzgi yarmarka» ikonkasini bosish va sovrinlarni ochish kerak. Bir kunda uchtagacha shunday harakatni amalga oshirish mumkin. Sovrinlar tasodifiy tarzda o‘ynaladi – ya’ni, ishtirokchi Beeline TVga 30 kunlik bepul obuna olish uchun promokod, 60% chegirmali internet-paket yoki digital-operatordan brendli esdalik sovrin yutib olish uchun teng imkoniyatga ega bo‘ladi.

Har kuni yarim tunda mijoz yutishi mumkin bo‘lgan bonuslar va paketlar ro‘yxati yangilanadi. Bu har xil sovrinlarni yutib olish imkoniyatini oshiradi.

Sovrinlarni olish tartibi aksiya ishtirokchisi aynan nimani olganiga bog‘liq. Agar bu mobil xizmatlar bo‘lsa, ular smartfondan faollashtiriladi. Mi-Fi-router yoki brendli sovg‘a yutug‘ini esa raqam egasi istalgan vaqtda – lekin 15 noyabrdan kechiktirmay Beeline Uzbekistan savdo ofislaridan olib ketishi mumkin. Ofisga tashrif buyurishda, pasportingiz (ID-karta)ni olishni unutmang!

«Mavsumiy yarmarkalar kompaniyamiz uchun yaxshi an’ana bo‘lib ulgurgan, 2023 yilning kuz mavsumi bundan mustasno emas. Biz mijozlarimizga joriy kuzni yanada iliq va yorqinroq qiladigan ko‘plab sovrinlar va bonuslarni olish uchun noyob imkoniyatlarni taqdim etishdan mamnunmiz. Ushbu aksiya bizning mijozlarimizga Beeline Uzbekistan’ni tanlaganlari uchun minnatdorchilik bildirish usulidir. O‘yinga qo‘shiling va har kuni sovrinlarni yutib oling — omad faollarga kulib boqadi!» – deya izoh berdi Beeline Uzbekistan tijorat direktori Maksim Yefremov.

«Kuzgi yarmarka» shartlari haqida batafsil ma’lumot bilan saytda tanishish mumkin.

Unitel MChJ 2006 yilning 12 sentabridan boshlab Beeline Uzbekistan savdo belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Amsterdam (Niderlandiya) shahrida joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi.

VEON 6 mamlakatda 160 milliondan ortiq abonentga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlari provayderi. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida joylashgan. 

Beeline Uzbekistan'da 1,6 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006 yildan buyon O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1,4 milliard AQSh dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. Unitel MChJ — O‘zbekistonning yirik soliq to‘lovchi kompaniyalaridan biri. Beeline SB'ning O‘zbekistondagi faoliyati davomida 2 milliard dollardan ortiq soliq to‘langan.

Sayt: beeline.uz

Facebook: @beeline.uz

Instagram: @beeline_uzbekistan

Telegram: @beelineuzbekistan

Twitter: @beeline_uz

LinkedIn: @beeline-uzbekistan

Reklama huquqi asosida

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid