O‘zbekiston | 08:42 / 13.09.2023
4202
1 daqiqa o‘qiladi

Olis hududlarda o‘quvchilar uchun bepul maktab avtobuslari yo‘lga qo‘yiladi

Umumiy o‘rta ta’lim tizimida «Ta’lim uchun qulay muhit» dasturi amalga oshiriladi.

Foto: Kun.uz

Prezident farmoni bilan «O‘zbekiston – 2030» strategiyasi tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’lim tizimida «Ta’lim uchun qulay muhit» dasturi amalga oshiriladi.

Olis va chekka hududlarda joylashgan 715 ta maktab o‘quvchilari uchun bepul maktab avtobuslar yo‘lga qo‘yiladi.

Maktablar toza ichimlik suvi va zamonaviy sanitariya-gigiyena infrastrukturasi bilan to‘liq ta’minlanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid