Jahon | 13:54 / 15.09.2023
8734
2 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston va Qozog‘iston qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazdi

Qo‘shma manyovrlarni Qozog‘iston mudofaa vaziri Ruslan Jaqsiliqov va Qirg‘iziston mudofaa vaziri Baktibek Bekbolotov kuzatib bordi.

Foto: knews.kg

Qozog‘istonning Sarishagan poligonida Qozog‘iston va Qirg‘iziston Qurolli kuchlari havo hujumidan mudofaa qo‘shinlarining «Jangovar hamdo‘stlik-2023» mashqlarining o‘q otish bilan bog‘liq faol bosqichi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «Kabar» xabar bermoqda.

Qo‘shma manyovrlarni Qozog‘iston mudofaa vaziri Ruslan Jaqsiliqov va Qirg‘iziston mudofaa vaziri Baktibek Bekbolotov kuzatib bordi.

Qozog‘iston Respublikasi Qurolli kuchlari Shimoliy harbiy okrugi harbiy-havo kuchlari havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va aviatsiya ekipajlarining havo va yerdagi nishonlarga jangovar o‘q otishi ko‘rsatib berilgan.

Shuningdek, Sarishagan yo‘nalishida joylashgan obektlar va qo‘shin guruhlari havo hujumidan mudofaa elementlari ham namoyish etildi.

Yakuniy akkord «dushman aerodromi obektlarini yo‘q qilish» bo‘ldi.

Qo‘shma mashg‘ulotlarga 1075 nafar harbiy xizmatchi, 200 dan ortiq harbiy va maxsus texnika, shuningdek, 30 dan parvoz apparati jalb etilgan. 

Mavzuga oid