Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistonida ikki harbiy davlatga xiyonatda ayblanib qatl etildi
Sud jarayonida ayblanuvchilar o‘z aybiga iqror bo‘ldi, hukm payshanba kuni Saudiya Arabistoni janubi-g‘arbida joylashgan Toif shahrida ijro etilgan.
Foto: AP
Saudiya Arabistoni rasmiylari ikki nafar harbiy xizmatchini davlatga xiyonatda ayblab qatl qildi, deb xabar bermoqda Saudiya axborot agentligi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Saudiya Arabistoni harbiy-havo kuchlari podpolkovnigi Majyed bin Musa Avad al-Balaviy va katta serjant Yusuf bin Rida Hasan al-Azuniy 2017 yilda hibsga olinib, o‘lim jazosiga hukm qilingan. Sud har ikki harbiy xizmatchi ham davlatga xiyonat qilish, buyruqni bajarmaslik va «millat manfaatlarini himoya qilishdan bosh tortish»da aybdor degan xulosaga keldi.
Sud jarayonida ayblanuvchilar o‘z aybiga iqror bo‘ldi. Podshohlik farmoniga muvofiq, hukm payshanba kuni Saudiya Arabistoni janubi-g‘arbida joylashgan Toif shahrida ijro etilgan.
2021 yil aprel oyida Saudiya Arabistoni rasmiylari uch nafar harbiy xizmatchini vatanga xiyonat va «dushman bilan hamkorlik» uchun qatl etgandi.
Mavzuga oid
12:05 / 20.04.2026
Bedarak yo‘qolgan moviy olmos – tailandlik xizmatchi Saudiya qirollik oilasining boyliklarni qanday o‘g‘irlagandi?
07:33 / 17.04.2026
Saudiyaning bir kilometrlik minorasi qurilishi 100-qavatga yetdi
22:30 / 16.04.2026
Saudiya, BAA, Misr. Eron urushiga uch xil yondashuv
23:09 / 15.04.2026