Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainada Xalqaro jinoyat sudining dala ofisi ochildi
Ofis Ukraina va Xalqaro jinoyat sudi o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga yordam berishi aytilmoqda.
Kiyevda Xalqaro jinoyat sudining dala ofisi ochildi, deb xabar berdi Ukraina Bosh prokuraturasi.
«Bu hamkorligimizning yangi bobidir. Ofis ishi Ukraina va Xalqaro jinoyat sudi o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga yordam beradi. Bu Rossiyaning Ukraina va ukrainaliklarga qarshi har kuni sodir etayotgan jinoyatlariga javob berish samaradorligi va tezligini oshiradi», dedi Ukraina bosh prokurori Andrey Kostin.
Ukraina Bosh prokuraturasi xabariga ko‘ra, Xalqaro jinoyat sudining Kiyevdagi dala ofisi sudning Haagadan tashqaridagi eng yirik vakolatxonasi hisoblanadi.
2023 yil mart oyida Xalqaro jinoyat sudi Rossiya prezidenti Vladimir Putin va bolalar ombudsmani Mariya Lvova-Belovani bolalarni Ukrainadan noqonuniy deportatsiya qilishda ayblab, hibsga olish haqida order bergan edi.
Iyul oyida Haagada Rossiyaning Ukrainaga bosqinini tergov qilish xalqaro markazi ish boshladi. Uning tarkibiga Ukraina, Yevropa Ittifoqi, AQSh va Xalqaro jinoyat sudi prokurorlari kirdi. Yevropa Ittifoqi markazning tashkil etilishini maxsus tribunal yaratish yo‘lidagi birinchi qadam deb atadi, chunki markaz tomonidan to‘plangan materiallar Ukrainaga qarshi bosqinchilik bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atish uchun asos bo‘ladi.
Mavzuga oid
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
16:47 / 10.06.2026
Ukraina «Flamingo» raketalari bilan Cheboksarga zarba berdi
10:00 / 10.06.2026