Jahon | 11:46 / 18.09.2023
7033
2 daqiqa o‘qiladi

Lukashenko: Belarus hududida urush bo‘lmaydi

Siyosatchi yana bir bor Belarus hech kimga tahdid qilmasligini bildirdi.

Foto: Anadolu Agency

Belarus hududida zamonaviy sharoitlarda urush bo‘lmaydi, bu mumkin emas. Bu haqda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko ma’lum qildi, deb xabar beradi BELTA.

«Prezident va Oliy bosh qo‘mondon sifatida bugun belaruslarga murojaat qilib, sizni ishontirib aytmoqchiman: biz jang qilmoqchi emasmiz va jang qilmaymiz. Belarus hududida zamonaviy sharoitlarda urush bo‘lmaydi. Bu mumkin emas», dedi davlat rahbari.

Shu bilan birga, u, agar kerak bo‘lsa, «respublikani so‘nggi askar va belaruslik qolgunicha himoya qilamiz», deb ta’kidladi.

Siyosatchi yana bir bor Belarus hech kimga tahdid qilmasligini bildirdi. «Biz hech qachon hech kimga tahdid qilmaymiz, bu bizning siyosatimiz emas. Obektiv ravishda ham biz hech kimga tahdid qila olmaymiz. Lekin biz kuchli yoki kuchsiz bo‘lsak ham, o‘zimizni himoya qilishga majburmiz. Bu bizning tarixiy rolimiz», dedi u.

Mavzuga oid