Nyu-Yorkda minglab odamlar iqlim himoyasi uchun namoyishga chiqdi
«Qazib olinadigan yonilg‘idan foydalanishni to‘xtatish uchun marsh» bu hafta Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadigan BMT Bosh assambleyasi va Iqlim sammitiga to‘g‘ri keldi.
Minglab iqlim himoyasi faollari 17 sentabr, yakshanba kuni Nyu-York ko‘chalariga chiqib, AQSh prezidenti Jo Bayden va dunyo yetakchilarini global isishga olib kelayotgan qazib olinadigan yoqilg‘idan foydalanishni to‘xtatishga chaqirdi.
700 dan ortiq global iqlim tashkilotlari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan namoyish BMT Bosh assambleyasi 78-sessiyasining yuqori darajadagi haftaligi doirasida 20 sentabr kuni Nyu-Yorkda o‘tadigan bir kunlik Iqlim sammiti oldidan bo‘lib o‘tdi.
Tashkilotchilarga ko‘ra, aksiyada 75 mingga yaqin kishi ishtirok etgan. Ular orasida AQSh Kongressi Vakillar palatasining demokrat a’zosi Aleksandriya Okasio-Kortes, shuningdek, bir qator amerikalik aktyorlar, jumladan Syuzan Sarandon, Itan Houk, Edvard Norton va Kevin Beykon ham bor edi.
Bayden BMT iqlim sammitida qatnashishni rejalashtirmayapti
AQSh yetakchisining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jyeyk Sallivan ma’lum qilishicha, Bayden 19 sentabr kuni Bosh assambleyada nutq so‘zlasa-da, u BMT iqlim sammitida ishtirok etishi rejalashtirilmagan. Biroq Sallivanning aytishicha, prezident Nyu-Yorkka tashrifidan iqlim o‘zgarishidan tortib Ukrainani global qo‘llab-quvvatlashgacha bo‘lgan masalalarda «Amerika manfaatlari va qadriyatlarini» himoya qilish uchun foydalanadi.
«Qazib olinadigan yonilg‘idan foydalanishni to‘xtatish uchun marsh» Nyu-Yorkda Iqlim harakati haftaligini boshladi, unda bosh direktorlar, siyosatchilar va faollar ishtirokida ko‘plab konferensiyalar va sammitlar o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
19:40 / 17.11.2024
Olimlar dunyodagi chuchuk suv zaxiralari nega kamayganini tushuntirdi
16:16 / 16.11.2024
Ekspertlar: BMTning iqlim bo‘yicha konferensiyalari «maqsadlarga mos kelmaydi»
15:31 / 14.11.2024
COP29: iqlimni muhofaza qilish uchun yiliga 1,3 trln dollar
18:18 / 12.11.2024