Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Malayziya o‘zbekistonlik yoshlarga ta’lim grantlari ajratadi
O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasida oliy ta’lim sohasidagi hamkorlikning istiqbollari muhokama etildi.
Joriy yil 11-16 sentabr kunlari Malayziya oliy ta’lim vaziri maslahatchisi Morshidi Sirat boshchiligidagi soha vakillaridan iborat delegatsiyaning O‘zbekistonga amaliy safari uyushtirildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Uning doirasida Toshkent shahrida O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda O‘zbekiston milliy universiteti bilan hamkorlikda “O‘zbekiston va Malayziya: oliy ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlikning istiqbollari” mavzusiga bag‘ishlangan xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi.
Davra suhbati shaklida oliy ta’lim sohasidagi o‘zaro munosabatlarni yanada jadallashtirish masalalari muhokama etilar ekan, ikki mamlakatning yetakchi universitetlari o‘rtasida qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, ilg‘or tajribalarni o‘rtoqlashish, ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha talabalar almashuvini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikning istiqbollari belgilab olindi.
Hamkorlikning aniq yo‘nalishlarini belgilash maqsadida O‘zbekiston va Malayziyaning 20 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar tashkil qilindi, tomonlar o‘rtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi.
Safar doirasida delegatsiyaning O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida muzokaralari ham bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari vakillarining Malayziyaga safarini amalga oshirish va iqtidorli yoshlarning Malayziyada tahsil olishi uchun ta’lim grantlari ajratilishi yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
Mavzuga oid
12:58 / 27.06.2026
Malayziyaga sayohatga borgan uch o‘zbekistonlik "aybsiz aybdor" bo‘lib o‘limga hukm qilingandi - sobiq DXX xodimi
10:15 / 26.06.2026
Oliy toifali o‘qituvchilar maqsadli magistraturaga qabul qilinadi
15:13 / 15.06.2026
Namanganda ta’lim tizimi mansabdori tezkor tadbirda qo‘lga olindi
11:10 / 08.06.2026