Chustda 71 nafar bola shifoxonaga yotqizilgan
Shifoxonaga yotqizilgan bolalarning hech birida reanimatsion, ya’ni og‘ir holat yo‘q.

Foto: Kun.uz
Namangan viloyatining Chust tumanida 71 nafar bolaning sog‘ligidan shikoyatlar qayd etilgan va ular tezkorlik bilan shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Chust tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 23-sonli DMTTning ayrim tarbiyalanuvchilari orasida tana haroratining ko‘tarilishi, qusish, qorin og‘rig‘i alomatlari kuzatilgan.
Bo‘lim mutasaddilari voqea joyiga yetib borgan va dastlabki shikoyat bo‘yicha 5 nafar bola shifoxonaga olib kelingan. Keyinchalik shikoyat qiluvchilar soni ortib borgan.
Shunga ko‘ra, 23-MTTdan 35 nafar, 51-MTTdan 20 nafar, 18-MTTdan 5 nafar, 36-MTTdan 3 nafar, 7- o‘rta ta’lim maktabidan 1 nafar, 43-MTTdan 1 nafar, 21-o‘rta ta’lim maktabidan 1 nafar, 30-MTTdan 2 nafar, 35-MTTdan 1 nafar 34-MTTdan 1 nafar, oilaviy MTTdan 1 nafar, jami - 71 nafar bolaning sog‘ligidan shikoyatlar qayd etilgan va ular shifoxonaga yotqizilgan.
Ko‘rilgan chora-tadbirlar, xususan, tez tibbiy yordam tufayli bolalarning 9 nafari sog‘lomlashtirilib, yashash uyiga qaytarilgan.
Qolgan bolalarning ham ahvoli mo‘’tadil, ular shifokorlar nazoratiga olingan.
Shifoxonaga yotqizilgan bolalarning hech birida reanimatsion, ya’ni og‘ir holat yo‘q.
Avvalroq Sog‘liqni saqlash vazirligi bolalarning holati qoniqarli ekani, ulardan 10 nafarining ahvoli yaxshilangani sababli uyiga ruxsat berilgani haqida xabar qilgandi.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron tashqi ishlar vaziri Arag‘chi Moskvaga tashrif buyuradi
Jahon | 12:30
-
Farg‘onada Ulsan-O‘zbekiston kemasozlik bo‘yicha o‘qitish markazi ochiladi
Iqtisodiyot | 12:20
-
Yevroittifoq falastinliklarga yordam uchun 1,6 mlrd yevro ajratdi
Jahon | 12:10
-
Ichimlik suvi va kanalizatsiya: raqamlar yaxshilanyapti, lekin ular qanchalik haqqoniy?
O‘zbekiston | 12:07
Mavzuga oid

18:55 / 01.04.2025
Shovotda benzin sisternasiga tushgan yigit zaharlanib vafot etdi

18:21 / 24.03.2025
Toshkentda antifriz ichgan ayol og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizildi

21:13 / 14.02.2025
Olimlar «Novichok» kabi zaharlarni aniqlaydigan dasturni ishlab chiqdi

18:15 / 14.02.2025