Namangan viloyatining Çust tumanida 71 nafar bolaning soğligidan şikoyatlar qayd etilgan va ular tezkorlik bilan şifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda viloyati Maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi xabar berdi.

Qayd etilişiça, Çust tumani Maktabgaça va maktab ta’limi bölimiga qaraşli 23-sonli DMTTning ayrim tarbiyalanuvçilari orasida tana haroratining kötarilişi, qusiş, qorin oğriği alomatlari kuzatilgan.

Bölim mutasaddilari voqea joyiga yetib borgan va dastlabki şikoyat böyiça 5 nafar bola şifoxonaga olib kelingan. Keyinçalik şikoyat qiluvçilar soni ortib borgan. 

Şunga köra, 23-MTTdan 35 nafar, 51-MTTdan 20 nafar, 18-MTTdan 5 nafar, 36-MTTdan 3 nafar, 7- örta ta’lim maktabidan 1 nafar, 43-MTTdan 1 nafar, 21-örta ta’lim maktabidan 1 nafar, 30-MTTdan 2 nafar, 35-MTTdan 1 nafar 34-MTTdan 1 nafar, oilaviy MTTdan 1 nafar, jami - 71 nafar bolaning  soğligidan şikoyatlar qayd etilgan va ular şifoxonaga yotqizilgan.

Körilgan çora-tadbirlar, xususan, tez tibbiy yordam tufayli bolalarning 9 nafari soğlomlaştirilib, yaşaş uyiga qaytarilgan.

Qolgan bolalarning ham ahvoli mö’tadil, ular şifokorlar nazoratiga olingan.

Şifoxonaga yotqizilgan bolalarning heç birida reanimatsion, ya’ni oğir holat yöq. 

Avvalroq Soğliqni saqlaş vazirligi bolalarning holati qoniqarli ekani, ulardan 10 nafarining ahvoli yaxşilangani sababli uyiga ruxsat berilgani haqida xabar qilgandi.