Donbassdagi vertolyotchilar va artilleriyachilar. Urush suratlari
Ukrainadagi urushning 577-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- «Roskosmos»ning sobiq rahbari Dmitriy Rogozin anneksiya qilingan Zaporijjya oblastidan senator bo‘ldi.
- RF mudofaa vazirligi har kungi brifingida Qora dengiz floti shtabi bo‘ylab berilgan zarba haqida to‘xtalmadi. Ukraina razvedkasi rahbari Kirill Budanovning tasdiqlashicha, RF Qora dengiz floti shtabiga hujum oqibatida to‘qqiz kishi halok bo‘lgani, yana 16 kishi (jumladan generallar) jarohat olgani haqida ma’lum qildi.
- Jo Bayden Ukrainaga uzoq masofaga harakatlanuvchi ATACMS raketalarini berishga qaror qilgan, ammo AQSh rossiyaliklarni ogohlantirish bo‘lib qolmasligi uchun bu haqda rasman xabar bermaslikka xabar qilgan, deya yozadi Financial Times.
- Sevastopolda tongdan portlash ovozlari eshitildi. Anneksiya qilingan shahar rasmiylari raketa urib tushirilgani haqida xabar bergan.
- Vladimir Saldo va Yevgeniy Balitskiy anneksiya qilingan Xerson va Zaporijjya oblastlariga rasman gubernator etib tayinlandi.
- Bloomberg ma’lumotiga ko‘ra, Rossiya harbiy xarajatlarini 10,8 trillion rublga oshirdi. Bu Ukrainaga keng ko‘lamli bosqin boshlanishigacha bo‘lgan davrdagiga qaraganda uch barobar ko‘proq.
- Ukraina qurolli kuchlari zirhli texnikasi rossiyaliklarning Zaporijjya oblastidagi asosiy mudofaa chizig‘idan o‘tgani xabar qilinmoqda.
Kun kadri. Qora dengiz floti shtabiga zarbadan keyingi tutun
Anneksiya qilingan Sevastopol rahbari Mixail Razvojayev 22 sentabr kuni ukrain armiyasi Qora dengiz floti shtabiga raketa zarbasi yo‘llagani haqida xabar berdi. Binoda yirik yong‘in boshlangan. RF mudofaa vazirligi Sevastopol bo‘ylab uchirilgan beshta raketa urib tushirilganini ma’lum qildi. Razvojayevning so‘zlariga ko‘ra, urib tushirilgan raketalardan birining parchalari Naximov prospektidagi Lunacharskiy teatri atrofiga tushgani haqida aytgan. TASS ma’lumotiga ko‘ra, parchalar yuzlab metrlarga sochilib ketgan.
Avvaliga RF mudofaa vazirligi shtabga zarba oqibatida bir harbiy halok bo‘lganinini xabar qilgan, lekin uning shaxsi va maqomiga aniqlik kiritilmagandi. Keyinroq vazirlik u halok bo‘lmagani, balki bedarak yo‘qolganini xabar qildi. Rossiya nashrlari dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra olti kishi yaralangani haqida xabar tarqatgandi. Ukraina razvedkasi rahbari Kirill Budanov «Amerika ovozi»ning ukrain xizmatiga bergan izohida kamida to‘qqiz kishi halok bo‘lib, 16 kishi yaralanganini ma’lum qildi. «Yaralanganlar orasida — guruh qo‘mondoni general-polkovnik [Aleksandr] Romanchuk ham bor, juda og‘ir ahvolda. Shtab boshlig‘i general-leytenant [Oleg] Tsekov hushsiz holatda», — deya tasdiqlagan Budanov. Bu ma’lumot boshqa mustaqil manba tomonidan tasdiqlanmagan.
Donetsk oblastidagi Ukraina QK artilleriyachilari
Artilleriya Ukraina qurolli kuchlari qarshi hujumida muhim rolni o‘ynamoqda: g‘arb tizimlarining uzoq masofaga harakatlanish va boshqariluvchi snaryadlarning aniqligi, shuningdek razvedkaning samarali harakatlanishidagi ustunliklardan foydalangangan holda Ukraina QK yoz o‘rtalaridan boshlab Donetsk oblasti va frontning boshqa uchastkalarida rossiyaliklarning gaubitsalari va baravar o‘t ochish reaktiv tizimlarini faollik bilan bostira boshladi. O‘tgan vaqt ichida muvaffaqiyatli zarbalar berilgani aks etgan o‘nlab videolar namoyish etildi.
Toretsk yaqinidagi ukrain harbiylari
Donetsk oblastidagi Toretsk shahri so‘nggi oylarda front chizig‘idagi qaynoq nuqtalardan biri bo‘lib qolmoqda. Rossiya qo‘shini shaharga muntazam ravishda artilleriya zarbalari yog‘dirmoqda, natijada, Ukraina tomoni ma’lumotlariga ko‘ra, tinch aholi vakillari ham halok bo‘lmoqda.
Kiyevda budjet mudofaa foydasiga qayta taqsimlanishi tarafdorlari namoyishi
Donbass shimolidagi ukrain vertolyotchilari
Mavzuga oid
21:09 / 05.11.2024
Saylovdan keyin Amerika Rossiya va Ukrainaga nisbatan siyosatini o‘zgartiradimi?
15:30 / 05.11.2024
Zelenskiy: Oktyabrda Ukrainaga 2 mingdan ortiq dron hujum qildi
14:50 / 05.11.2024
Janubiy Koreya Ukrainaga kuzatuvchilar va tahlilchilar guruhini yuborish imkonini ko‘rib chiqmoqda
11:10 / 05.11.2024