Jahon | 12:06 / 25.09.2023
3929
2 daqiqa o‘qiladi

Bryusselda Ozarboyjon va Armaniston o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tadi

Uchrashuv Ozarboyjon prezidenti maslahatchisi Hikmat Hojiyev va Armaniston Xavfsizlik kengashi bosh kotibi Armen Grigoryan o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.

26 sentabr kuni Bryusselda Ozarboyjon prezidenti maslahatchisi Hikmat Hojiyev va Armaniston Xavfsizlik kengashi bosh kotibi Armen Grigoryan ishtirokida Ozarboyjon va Armaniston o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

Armenpress rasmiy axborot agentligi Armaniston Xavfsizlik kengashi bosh kotibiyatiga tayanib xabar berishicha, 26 sentabr kuni Bryusselda Hojiyev va Grigoryan o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Germaniya kansleri Olaf Shols va Yevropa Ittifoqi kengashi raisi Sharl Mishelning maslahatchilari ham qatnashadi.

Uchrashuvda Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan o‘rtasida 5 oktyabr kuni Granada (Ispaniya)da bo‘lib o‘tadigan uchrashuvga tayyorgarlik muhokama qilinadi.

Aliyev, Pashinyan va Mishel 14 may kuni Bryusselda uch tomonlama uchrashuvda, 1 iyunda esa Moldovada Yevropa siyosiy hamjamiyatining sammitida Fransiya prezidenti Makron va Germaniya kansleri Shols ishtirokida besh tomonlama yig‘ilish o‘tkazgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid