Jahon | 08:42 / 26.09.2023
4703
2 daqiqa o‘qiladi

Kiyev sudi oligarx Kolomoyskiyni hibsda qoldirdi

Ukrainalik tadbirkor Igor Kolomoyskiy kamida 31 oktyabrgacha hibsda qoladi. Sud qarorida qayd etilishicha, oligarx 510 million grivna miqdorida garov puli to‘lash va uy qamog‘ida qolish huquqiga ega.

Foto: Photoshot/picture alliance

Kiyev apellyatsiya sudi ukrainalik tadbirkor Igor Kolomoyskiyning shikoyatini rad etib, uni 31 oktyabrgacha hibsda qoldirdi. Bu haqda 25 sentabr, dushanba kuni Ukrainaning «Obozrevatel» nashri xabar berdi. Rezolyutsiyada, shuningdek, oligarx 510 million grivna (13 million yevrodan sal ko‘proq) miqdoridagi garov pulini to‘lash huquqiga ega ekani, shundan so‘ng u uy qamog‘iga o‘tkazilishi mumkinligi qayd etilgan.

Sudda Kolomoyskiy Shevchenko tuman sudining qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi haqidagi qarori yuzasidan shikoyat qilishga urindi. U hech qayoqqa qochib ketmoqchi emasligini, shu bois sudning 2 sentabrdagi qarorini asossiz deb hisoblab, uni bekor qilishni so‘radi. Sudga kelgan, tadbirkorga tegishli «1+1» telekanali vakillari oligarx uchun kafolat taqdim etishga tayyor ekanini bildirdi. 

Sud majlisidan oldin Kolomoyskiy jurnalistlarga suddan «adolat» kutayotganini aytdi va u «oddiy sharoitda» saqlanayotganini aytdi. Kolomoyskiy, shuningdek, qarindoshlari bilan uchrashishga ruxsat berilmaganini, lekin advokatlari bilan uchrashishi mumkinligini aytdi.

Sud Kolomoyskiyning mol-mulkini xatlovga oldi

Kiyevning Shevchenko tuman sudi tadbirkor Igor Kolomoyskiyning mulkini xatlovga oldi. Buni sud materiallari tasdiqlayapti, deb xabar qildi Ukrayinskі Novini axborot agentligi dushanba kuni. Xatlovga olingan mol-mulkning ro‘yxati noma’lum, chunki tegishli sud qarori hali reyestrda mavjud emas.

Mavzuga oid