Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada migrantlar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi
Rossiya Tergov qo‘mitasi tomonidan jinoyat ishi ochildi.
Moskva viloyati, Krasnogorsk shahrida Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolari o‘rtasidagi ommaviy mushtlashuv yuz berdi. Rossiya Tergov qo‘mitasi odam o‘ldirishga suiqasd moddasi bo‘yicha jinoyat ishi ochdi.
Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, 25 sentabr kuni kechqurun ikki guruh erkaklar o‘rtasida shaxsiy adovat tufayli janjal kelib chiqqan. Janjal ishtirokchilaridan biri quroldan o‘q uzgan, keyin esa mashinada qochib ketgan.
Hozir huquq-tartibot idoralari xodimlari gumonlanuvchini hibsga olish uchun qidirmoqda. Mushtlashuvning qolgan ishtirokchilari allaqachon politsiya tomonidan ushlangan.
Shuningdek, Ufa shahri ulgurji bozorida sodir bo‘lgan ommaviy mushtlashuv oqibatida 6 kishi og‘ir jarohat oldi.
Qayd qilinishicha, O‘zbekistondan kelgan migrantlar va Ingushetiya davlat raqamlari bo‘lgan mashinalardagi odamlar o‘rtasidagi mojaro go‘sht pavilonida boshlangan. Qarz bo‘yicha og‘zaki tortishuv bolta va pichoqlar bilan ommaviy mushtlashuvga aylangan. Mushtlashuv ishtirokchilaridan biri travmatik to‘pponchadan o‘q uzgan.
20 nafar erkak o‘rtasidagi mushtlashuv faqat voqea joyiga yetib kelgan politsiya tomonidan to‘xtatilgan. Mojaroning olti ishtirokchisi shifoxonaga yotqizilgan. Ulardan biri boshidan jarohat olib, reanimatsiyada ekani aytilmoqda.
Gumonlanuvchilarga nisbatan Rossiya Jinoyat kodeksining 213-moddasi 2-qismi (Bir guruh shaxslar tomonidan qurol ishlatib, bezorilik qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ular to‘rt yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.
Mavzuga oid
09:01 / 13.05.2026
AQSh bilan mehnat migratsiyasi bo‘yicha yangi kelishuvlarga erishildi
10:39 / 02.05.2026
Jinoyatni bosdi-bosdi qilib berishini aytib pul olgan IIB xodimi ushlandi
16:20 / 29.04.2026
Denovda «Shakki» laqabli zo‘ravon bir yigitni urib o‘ldirgani aytilmoqda
18:17 / 20.04.2026