Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Polshaga armiyani modernizatsiya qilish uchun 2 mlrd dollar ajratadi
Polsha mudofaa qobiliyatiga sarmoya kiritilishi mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlashga katta hissa qo‘shadi, deya ma’lum qildi AQSh Davlat departamenti.
Amerika Qo‘shma Shtatlari va Polsha polyaklar armiyasini modernizatsiya qilish uchun Varshavaga 2 milliard dollarlik kredit ajratish to‘g‘risida shartnoma imzoladi. Bu haqda AQSh Davlat departamenti bayonotida aytiladi.
Bayonotda ta’kidlanishicha, AQShning «sodiq ittifoqchisi» Polsha xavfsizligi NATOning sharqiy qanotini jamoaviy mudofaa qilishda muhim ahamiyatga ega.
Shuningdek, Polshaning Ukrainaga xalqaro yordam ko‘rsatishdagi yetakchi roli qayd etildi.
Xabarlarga ko‘ra, Polshaning mudofaa qobiliyatiga sarmoya kiritilishi mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlashga katta hissa qo‘shadi.
Davlat departamenti bayonotida xalqaro yordam yetkazib berishda markaziy rol o‘ynaydigan Polshaning qat’iyati qayd etilgan. Uning mudofaasiga sarmoya kiritish orqali qo‘shni Ukrainadagi hamda mintaqadagi xavfsizlik holati mustahkamlanadi.
Bayonotda ta’kidlanishicha, modernizatsiya dasturi doirasida Polsha o‘z qurolli kuchlari tarkibini sezilarli darajada kengaytirish va «sovet ittifoqi davrida ishlab chiqarilgan eski harbiy texnikadan xalos bo‘lishni» rejalashtirmoqda.