Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston mudofaa vaziri Pokiston harbiy delegatsiyasi bilan uchrashdi
Mudofaa vazirligida Pokiston harbiy delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Pokiston Islom Respublikasi Shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi, Milliy xavfsizlik kengashi a’zosi general Saxir Shamshad Mirza boshchiligidagi harbiy delegatsiya O‘zbekiston Mudofaa vazirligiga tashrif buyurdi.
Mehmonlarni faxriy qorovul ishtirokida rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Harbiy orkestr tomonidan ikki davlat madhiyasi ijro etildi.


Mudofaa vazirligi markaziy apparatida o‘tkazilgan ikki tomonlama hamkorlik uchrashuvida general-leytenant Bahodir Qurbonov general Saxir Shamshad Mirzani O‘zbekistonga tashrifi bilan qutladi hamda ikki tomonlama hamkorlikdagi erishilayotgan yutuqlarga to‘xtalib o‘tdi.
Bundan oldin AQSh Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni Maykl Kurilla O‘zbekistonga kelgani xabar qilingandi.


Mavzuga oid
09:05 / 13.06.2026
Pokiston: AQSh va Eron kelishuv matni bo‘yicha kelishib oldi
17:54 / 10.06.2026
Pokiston Afg‘oniston bo‘ylab havo zarbalari berdi: 26 kishi halok bo‘lgan
08:22 / 05.06.2026
Qaysi davlatlar mudofaa uchun eng ko‘p mablag‘ ajratyapti?
17:36 / 25.05.2026