Özbekiston mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov AQŞ Qurolli kuçlari Markaziy qömondonligi qömondoni general Maykl Kurillani qabul qildi.

Mudofaa vazirligi markaziy apparatida ötkazilgan ikki tomonlama hamkorlik uçraşuvida general-leytenant Bahodir Qurbonov general Maykl Kurillani Özbekistonga taşrifi bilan qutlab, ikki davlat örtasida mudofaa sohasida örnatilgan döstona munosabatlarning mustahkamlanib borayotganini ta’kidladi.

Uçraşuv davomida tomonlar harbiy sohada erişilgan yutuqlar va kelgusida amalga oşirilişi rejalaştirilayotgan masalalar borasida ham hamkorlikni davom ettiriş imkoniyatlarini körib çiqdi, deyiladi rasmiy xabarda.