Jahon | 13:37 / 27.09.2023
10219
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Britaniyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi

23 kishi Rossiyaning «stop ro‘yxati»ga kiritildi.

Rossiya Buyuk Britaniyaga qarshi javob sanksiyalarini kengaytirdi, jumladan, Rossiyaning «stop ro‘yxati»ga 23 kishi kiritilgan. Undan Britaniya harbiy-siyosiy tuzilmasi, jurnalistlar korpusi va ilmiy hamjamiyat vakillari o‘rin oldi. Bu haqda 27 sentabr kuni e’lon qilingan Rossiya TIV xabarida aytiladi.

«Endi Rossiya Federatsiyasiga kirishi taqiqlangan Britaniya fuqarolari ro‘yxatiga, xususan, Buyuk Britaniya Qurolli kuchlari mudofaa shtabi boshlig‘i, Ukraina qurolli kuchlari jangchilarining Britaniya hududida tayyorlanishini nazorat qiluvchi E.Radakin va Londonning Ukraina yo‘nalishidagi strategiyasini shakllantirishda ishtirok etgan Britaniya hukumati qoshidagi Qo‘shma razvedka qo‘mitasi raisi M.Alessandri, Britaniyaning BAE Systems mudofaa kompaniyasi direktorlar kengashi raisi K.Xogg qo‘shildi», - deyiladi xabarda.

Mahkama qayd etishicha, Britaniya tomonining Rossiyaga nisbatan sanksiyalar bosimini oshirishga urinishlariga muqarrar ravishda keskin javob qaytariladi. 

«Londonning dushmanlik harakatlariga javoban Rossiyaning «stop ro‘yxati»ni kengaytirish bo‘yicha ishlar davom etadi», - deya xulosa qildi TIV. 

Mavzuga oid