O‘zbekiston | 18:51 / 28.09.2023
8196
1 daqiqa o‘qiladi

Investitsiya vazirining ikki o‘rinbosari ishdan bo‘shatildi 

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining 2 nafar o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining ikki o‘rinbosari — Olimxon Rustamov va Sarvar Hamidov lavozimidan ozod etildi.

O‘zA xabariga ko‘ra, Rustamov boshqa ishga o‘tayotgani munosabati bilan lavozimini tark etgan. Hamidovning iste’fosiga esa sabab ko‘rsatilmagan.

Olimxon Rustamov

Rustamov 2019 yil sentabridan iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari bo‘lib ishlagan, 2021 yildan Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.

Ishdan olingan yana bir o‘rinbosar Sarvar Hamidov esa 2023 yil fevralida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.

Sarvar Hamidov

Ma’lumot uchun, ayni vaqtda Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratovning to‘rt nafar o‘rinbosari qolmoqda: Nozim Xolmurodov (birinchi o‘rinbosar), Xurram Teshaboyev, Oybek Hamroyev va Bahriddin Obidov.

Mavzuga oid