Qayd etilişiça, 2021 yilda oziq-ovqat mahsulotlar importi 2,2 mlrd. dollarni taşkil etib, ötgan yilning şu davriga nisbatan 25 foiz yoki 441 mln dollarga oşdi. 2020 yilda mazkur körsatkiç – 1,7 mlrd dollarni taşkil qilgan. 

Mahsulotlar asosan Qozoğiston 881 mln dollar), Rossiya 747 mln dollar), Belarus 105 mln dollar), Ukraina (59 mln dollar), Turkiya (45 mln dollar) davlatlaridan import qilindi.

Ularning asosiy qismini quyidagilar taşkil etgan:

  • buğdoy – 616 million dollar (2020 yilga nisbatan +10 foiz);
  • ösimlik va hayvonlardan olingan yoğlar (misol uçun, kungaboqar yoği, palma yoği, margarin) – 499 million dollar (+53 foiz);
  • göşt mahsulotlari (tovuq göşti) – 188 million dollar (+84 foiz);
  • un va un mahsulotlari – 158 million dollar (+19 foiz);
  • şakar va konditer mahsulotlari – 146 million dollar (-41 foiz);
  • meva-sabzavotlar (kartoşka) – 142 million dollar (+73 foiz);
  • sut mahsulotlari, tuxum va asal – 68 million dollar (+41 foiz);
  • alkogolsiz içimliklar – 48 million dollar (+182 foiz);
  • konservalangan meva-sabzavotlar – 43 million dollar (+59 foiz);
  • yormalar (greçka, suli yormasi, manna yormasi) – 14 million dollar (+27 foiz).

Bundan taşqari, davlat investitsiya dasturi doirasida 2021 yilda oziq-ovqat sohasida umumiy qiymati 281,2 mln dollar bölgan 51 ta loyiha amalga oşirilgan bölib, natijada oziq-ovqat mahsulotlari işlab çiqariş quvvati 479 ming tonnadan ortdi.