Özbekiston prezidentining 2021 yil 29 yanvardagi PQ-4966-sonli qarori bilan Olimxon Bakiyeviç Rustamov Özbekiston Respublikasi investitsiyalar va taşqi savdo vazirining örinbosari etib tayinlandi.

Olimxon Rustamov 1966 yilda tuğilgan, 1989 yilda Toşkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. 2005−2014 yillarda Hisob palatasida boş inspektor, 2014−2016 yillarda — Navoiy kon-metallurgiya kombinati boş direktori örinbosari lavozimlarida işlagan. 2016−2017 yillarda «Özbekneftgaz» raisining iqtisodiyot va moliya böyiça örinbosari bölgan, 2017−2019 yillarda Hisob palatasi raisining birinçi örinbosari sifatida işlagan.

U 2019 yil sentyabrida Iqtisodiyot va sanoat vaziri örinbosari (hozirgi Özbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirining örinbosari) lavozimiga tayinlangandi.

Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabariga köra, O.Rustamov yangi lavozimida investitsiyalarni jalb qiliş, investitsiya loyihalari amalga oşirilişining samarali monitoringini olib boriş, rivojlaniş davlat dasturlari va investitsiya dasturlari, şu jumladan hududiy investitsiya dasturlarini işlab çiqişni taşkil etiş hamda Respublika viloyatlari va erkin iqtisodiy zonalarini rivojlantiriş böyiça kompleks çora-tadbirlarni amalga oşirişga mas'ul böladi.

Şuningdek, uning vazifalariga ijtimoiy soha, turizm va quriliş materiallari tarmoğining sohaviy rivojlanişini muvofiqlaştiriş masalalari kiradi.