Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda iPhone 15 himoyalangan qutilarini qalbakilashtirishni o‘rganib olishdi
Apple g‘oyasiga ko‘ra, ular mijozlarga soxta va eski smartfonlar o‘rtasidagi farqni aniqlashda yordam berishi kerak edi.
Apple kompaniyasi iPhone 15 smartfoni qutilarida qo‘llaniladigan va qurilmalarning haqiqiyligini ko‘rsatadigan yangi, yashirin, himoyalangan belgilar haqida ma’lumot bergan edi. Majin Bu insayderi ushbu belgilarni Xitoyda qanday qilib qalbakilashtirishni allaqachon o‘rganib olishgani haqida xabar berdi.
«Xitoyliklar allaqachon iPhone 15 maxfiy muhrlarini nusxalashni o‘rganib olishdi, shuning uchun yangi qurilmani onlayn sotib olayotganda ehtiyot bo‘ling va kerakli tekshiruvlarni oldindan bajaring», deb yozdi ijtimoiy tarmoqda Majin Bu.
Apple taqdimotida aytilishicha, ushbu yorliqlarni faqat ultrabinafsha nurlar ostida ko‘rish mumkin. Ular qutilarni buzilishdan himoya qiluvchi muhrlarga qo‘llaniladi. Belgilarda «iPhone» yozuvi va kichik DataMatrix-kod bor. Apple g‘oyasiga ko‘ra, ular mijozlarga soxta va eski smartfonlar o‘rtasidagi farqni aniqlashda yordam berishi kerak.
Ma’lum bo‘lishicha, bu himoya usuli endi kafolatlangan emas. Shuning uchun, qayta tekshirishning eng ishonchli usuli - bu Apple veb-sayti, u yerda qurilmaning seriya raqamini kiritib, uning haqiqiyligini, shuningdek faollashtirilgan sana va kafolat muddatini bilib olish mumkin.
Mavzuga oid
20:55 / 09.02.2026
Hongkongda media magnat Jimmi Lay 20 yilga qamaldi
18:35 / 09.02.2026
Britaniya turoperatori Pekin - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha lyuks poyezdini yo‘lga qo‘yadi
20:35 / 08.02.2026
Smartfonlar bozorining yetakchilari ma’lum qilindi
21:26 / 07.02.2026