Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Finlandiya ziyorat turizmi bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi
Finlandiya musulmonlari vakillari delegatsiyasi O‘zbekistondagi islomiy qadamjolarni ziyorat qildi.
Bosh imom-xatib Ramil Belyayev boshchiligidagi Finlandiya tatarlari jamiyati delegatsiyaning O‘zbekistonga bo‘lib o‘tgan tashrifi yakunlandi.
O‘zbekiston elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra, delegatsiya tarkibida Finlandiya tatar musulmon jamiyatining 10 dan ortiq vakillari respublikaga keldi.
20-27 sentabr kunlari O‘zbekistonda bo‘lgan delegatsiya a’zolari Samarqand, Buxoro va Xivadagi qadamjolarni ziyorat qildi, Toshkent shahri tatar jamoatchiligi bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Delegatsiyani O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov ham qabul qildi.
Uchrashuv va muloqotlar chog‘ida diniy ta’lim, ilmiy-tadqiqot faoliyati, diniy ma’rifat va masjidlar faoliyatini rivojlantirish, ziyorat turizmini faollashtirish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yishning amaliy jihatlari muhokama qilindi.
Mavzuga oid
09:45
Finlandiya yadroviy qurolga oid taqiqni bekor qildi
17:59 / 24.06.2026
638 mln so‘m - O‘zbekistondan o‘tuvchi hashamatli poyezdga chipta savdosi ochildi
12:02 / 18.06.2026
“Shovqin va changdan zada bo‘ldik” – portlatish ishlari turizm qishlog‘iga tinchlik bermayapti
18:31 / 09.06.2026