Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bekzod Narimonov ombudsman o‘rinbosari lavozimiga saylandi
Bekzod Narimonov Toshkent davlat yuridik universitetining Konstitutsiyaviy huquq kafedrasi mudiri, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori hisoblanadi.
Foto: sena
Senat yalpi majlisida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosarini saylash to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi va “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunning 8-moddasiga muvofiq Senatning qirq beshinchi yalpi majlisida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosarini saylash masalasi ko‘rib chiqildi.
Senatorlar bergan ovozlarga muvofiq Bekzod Narimonov ombudsman o‘rinbosari lavozimiga saylandi. Bu borada Senat qarori qabul qilindi.
Ma’lumot uchun, Bekzod Narimonov Toshkent davlat yuridik universitetining Konstitutsiyaviy huquq kafedrasi mudiri, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori hisoblanadi.
Mavzuga oid
22:08 / 20.09.2025
Toshkentda yosh qizlarga uyatsiz harakatlar qilgan erkakka nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
00:28 / 12.09.2025
Kriptovaluta orqali 170 ming dollar pulini o‘zgalarga o‘tkazib yuborgan fuqaro ombudsmanga murojaat qildi
11:22 / 27.08.2025
Toshkent viloyatidagi bir qator vaqtincha saqlash hibsxonalari faoliyati tugatildi
21:20 / 06.08.2025