Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya muhojirlarni nazorat qilish tizimini ishlab chiqadi
Germaniya hukumati rahbari noyabr oyiga qadar muhojirlarni nazorat qilish tizimini ishlab chiqish niyatida ekanini aytib o‘tdi.
Germaniya kansleri Olaf Sholsning aytishicha, Berlin chegara nazoratini kuchaytirish orqali noqonuniy immigratsiyani jilovlamoqchi.
Bu haqda u Redaktionsnetzwerk Deutschland teleradiokompaniyasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, barcha muhojirlarning 70 foizdan ortig‘i ro‘yxatga olinmagan, garchi ularning deyarli barchasi Germaniyaga kelguniga qadar Yevropa Ittifoqining boshqa davlatlarida bo‘lgan.
«Germaniyaga kelishga harakat qilayotgan qochqinlar soni hozir juda ko‘p», dedi Shols.
Germaniya hukumati rahbari noyabr oyiga qadar munitsipalitetlar uchun belgilangan qochqinlar soni nazarda tutilgan - muhojirlarni nazorat qilish tizimini ishlab chiqish niyati haqida ma’lumot berdi.
«Federal hukumat Yevropa Ittifoqiga noqonuniy migratsiyani to‘xtatishda to‘liq birlashgan. Buni faqat birgalikda va hamjihatlikda amalga oshirish mumkin. Germaniya yordam berish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qiladi», deb qo‘shimcha qildi Shols.
Mavzuga oid
10:18 / 28.01.2026
Ispaniya 500 minggacha noqonuniy muhojirni legallashtiradi
13:33 / 05.01.2026
🔴 LIVE: OMON qo‘lida o‘lgan o‘zbek: nega vaziyat faqat yomonlashib boryapti?
07:38 / 10.09.2025
Yevropada yarim yilda boshpana bo‘yicha 400 mingta ariza berildi
15:51 / 16.08.2025