Jahon | 08:53 / 02.10.2023
8342
3 daqiqa o‘qiladi

Niderlandiyada Yevropadagi eng yirik gaz koni yopildi

Groningenda gaz qazib olish muntazam ravishda zilzilalarni keltirib chiqardi, shu sababli mamlakat hukumati uzoq vaqtdan beri konni yopishni rejalashtirgandi.

Foto: AP /Peter Dejong

Niderlandiya Groningen provinsiyasidagi Yevropaning eng yirik gaz konida qazib olishni to‘xtatdi, deb xabar qildi mamlakat rasmiylari 1 oktyabr, yakshanba kuni. Ishlab chiqarish to‘xtatilganiga qaramay, 1960-yillarda ochilgan kondagi o‘n bitta quduq «qattiq qish» sharoitida yana bir yil ochiq qoladi.

«Noaniq xalqaro vaziyat tufayli» bu yerda gaz qazib olish yana bir yil davomida «juda istisno holatlarda» mumkin bo‘ladi, deya tushuntirdi hukumat «juda qattiq sovuq» yoki gaz taqchilligi kabi jihatlarni nazarda tutib. 2024 yil oktyabr oyiga qadar oxirgi o‘n bitta quduq «butunlay yopiladi».

So‘nggi yillarda Groningenda gaz qazib olish doimiy ravishda pasayib bormoqda. 2021 yilda kondan atigi 4,5 milliard kub metr gaz qazib olindi. O‘tgan yillarda 20 milliard kub metrdan ortiq olingan. Rasmiylar konni o‘tgan yili yopishni rejalashtirgan edi, biroq Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlari va Yevropada yuzaga kelgan energetika inqirozi tufayli bu harakatni keyinga qoldirdi.

Gaz qazib olish zilzilalarni keltirib chiqardi

Konni yopish to‘g‘risidagi qaror mintaqada muntazam ro‘y berayotgan zilzilalar tufayli qabul qilingan, ularning sababi gaz qazib olish bilan bog‘liq. 2013 yilda kondan gap qazib olish hajmi qariyb 54 milliard kub metrgacha oshirildi, ammo bir yil avval Groningen mintaqa tarixidagi eng kuchli zilziladan aziyat chekkandi. 

2018 yildagi yana bir kuchli zilziladan so‘ng hukumat barcha qazib olish jarayonini to‘xtatishga qaror qildi. Umuman olganda, Groningenda gaz qazib chiqarish 1986 yildan beri 1600 ga yaqin zilzilalarni keltirib chiqardi. O‘n minglab binolar vayron bo‘lgan, yuz mingga yaqin odam jarohatlangan, deyiladi parlament hisobotida. Bu davrda konda 2,3 milliard kub metrga yaqin gaz qazib olindi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid