Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Qirg‘iziston rektorlarining birinchi forumi bo‘lib o‘tadi
O‘shdagi Qirg‘iz-o‘zbek universitetida O‘zbekiston-Qirg‘iziston oliy ta’lim muassasalari rektorlarining I xalqaro forumi tashkil etiladi.
Joriy yil 3-4 oktyabr kunlari Qirg‘izistonning O‘sh shahridagi Qirg‘iz-o‘zbek universitetida «Oliy ta’lim tizimida integratsiya, hamkorlik va innovatsiyalar» mavzusidagi O‘zbekiston-Qirg‘iziston oliy ta’lim muassasalari rektorlarining I xalqaro forumi tashkil etiladi.
Forumda ikki davlat oliygohlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, tajriba almashish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi va oliy ta’lim transformatsiyasi muhokama qilinadi.
Tadbirda ikki mamlakatdan 70 ga yaqin oliy ta’lim muassasalari rektorlari va boshqa yirik ta’lim tashkilotlari vakillari qatnashadi.
Mavzuga oid
10:14 / 24.06.2026
O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara hududlarni o‘zaro almashdi
18:20 / 23.06.2026
Qirg‘iziston va O‘zbekiston qishloqlarini almashdi
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026