Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik davlat xizmatchilari Janubiy Koreyada tajriba oshiradi
Davlat boshqaruvi akademiyasi va Koreya davlat boshqaruvi assotsiatsiyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish to‘g‘risida memorandum imzolandi.
Janubiy Koreya tajribasini o‘rganish maqsadida O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori Adham Bekmurodov boshchiligidagi mamlakat delegatsiyasi ushbu mamlakatga keldi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Akademiya rektori Janubiy Koreya davlat ma’muriyati tadqiqotlar instituti rahbariyati bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqish borasida uchrashuvlar o‘tkazdi.
Bunda o‘zaro hamkorlik rejalari, joriy yili noyabr oyida Buxoro shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan xalqaro konferensiyalar dasturi va undagi mavzular ko‘lami kelishib olindi. Akademiya professorlari ushbu masalada davlat xizmatchilarining boshqaruv kompetensiyalarini oshirishga xizmat qiladigan kontentlar bilan Koreya davlat boshqaruvi instituti professorlari bilan tajribalar almashdi. Buxoro shahrida bo‘ladigan konferensiyada ma’ruza materiallarini kelishib oldi.
Tashrif davomida Adham Bekmurodov Janubiy Koreya Inson resurslarini rivojlantirish milliy institut hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish uchun uchrashuv o‘tkazildi. Unda ikki davlat boshqaruv ta’lim dasturlari kelishib olindi va kelgusida O‘zbekistonlik davlat xizmatchilarining Janubiy Koreya davlatida tajriba oshirishi masalasi keng ko‘lamda o‘rganib chiqildi.
Shuningdek, akademiya rektori boshchiligidagi delegatsiya Seul shahrida bo‘lib o‘tgan Koreya Respublikasi Davlat boshqaruvi assotsiatsiyasi Global forumida ham ishtirok etdi.
Forumda Davlat boshqaruvi akademiyasi va Koreya davlat boshqaruvi assotsiatsiyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish to‘g‘risida memorandum imzolandi. Ushbu memorandum kelgusida O‘zbekiston hamda Janubiy Koreya mutasaddi institutlari va olimlari hamkorlikda davlat siyosati, boshqaruv sohasidagi tadqiqotlar olib borish, ilmiy axborotlar almashish va ilmiy anjumanlar o‘tkazishga zamin yaratadi.
Mavzuga oid
10:43 / 14.05.2026
400 ming dollarlik firibgarlik: Koreya ish vizasi bilan bog‘liq holat fosh etildi
10:44 / 23.04.2026
Koreyada vafot etgan o‘zbekistonlik qiz haqida rasmiy bayonot berildi
10:59 / 10.04.2026
O‘zbekistonliklar o‘qish uchun eng ko‘p Rossiya va Koreyaga ketmoqda
12:50 / 02.02.2026