Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAVni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatish muddati qisqaradi
2 ta qonun bilan ayrim davlat xizmatlarini ko‘rsatish muddatlari qisqartirilmoqda.
Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda “Davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi takomillashtirilgani munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.
Qayd etilganidek, davlat xizmatlari markazlari tomonidan xizmatlarning qamrab olish darajasi pastligi, davlat xizmatlarini ko‘rsatish muddatlarining uzunligi, ular bo‘yicha to‘lovlarning yuqoriligi, aksariyat davlat organlarining zarur ma’lumotlari to‘liq raqamlashtirilmagani dolzarb bo‘lib qolmoqda.
Qonun loyihasi bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilmoqda. 13 ta qonunga faktlarni tasdiqlovchi ma’lumotlar va hujjatlarni talab qilmaslik bo‘yicha tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilayotgan bo‘lsa, 2 ta qonun bilan ayrim davlat xizmatlarini ko‘rsatish muddatlari qisqartirilmoqda. Masalan, Ommaviy axborot vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish muddatini 15 kundan 10 kunga qisqartirish belgilanmoqda.
Deputatlar ta’kidlanganidek, qonun loyihasi davlat xizmatlarini sifatli ko‘rsatilishini ta’minlashga, turli toifadagi davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirishga xizmat qiladi. Qonun loyihasini takomillashtirish yuzasidan fikr-mulohazalar almashilgach, taklif va tavsiyalar bilan qonun loyihasi qo‘llab-quvvatlandi.
Mavzuga oid
11:05 / 16.06.2026
Mijozlar bilan eng yomon ishlayotgan banklar ro‘yxati e’lon qilib boriladi
13:42 / 16.03.2026
Isroil raketa to‘suvchi vositalar tanqisligi haqidagi xabarlarni rad etdi
13:27 / 14.03.2026
Tramp Putinning Erondan uranni Rossiyaga olib chiqish haqidagi g‘oyasini rad etdi
12:18 / 11.03.2026