Jamiyat | 10:47 / 04.10.2023
13134
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent ayrim hududlarida issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi 

4 oktyabr kuni Yashnobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlarining ayrim hududlarida issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Foto: Veolia Energy Tashkent

Isitish magistralidagi nosozliklarni bartaraf etish va tegishli jihozlarni almashtirish bo‘yicha avariyaviy ishlarni olib borish zarurati munosabati bilan bugun, 4 oktyabr kuni qator manzillarda issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Ular:

M.Yusuf, Buyuk Ipak yo‘li, Mirhosilboy, Bo‘z-7, Olchabog‘, Qibray, M.Ulug‘bek, Parkent, Sayram, Bo‘z, Musavvirlar, Lashkarlar, Qalandar, Chust, Bo‘zbozor 7-tor, Bo‘z (Demokratik) ko‘chalari.

Issiq suv ta’minoti ta’mirlash ishlari tugallanishi bilanoq (soat 21:00 gacha) tiklanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid