Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI iqtisodiy bosimga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonunni tasdiqladi
Agar uchinchi davlatlar tomonidan iqtisodiy bosim bo‘lsa, YeI ma’lum tovarlar savdosini va to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni cheklash orqali qarshi choralar bilan javob bera oladi.
Yevroparlament Yevropa Ittifoqiga uchinchi davlatlarning iqtisodiy shantajiga qarshi choralar ko‘rish imkonini beruvchi qonunni kelishib oldi. Biroq bu hujjatning asosiy maqsadi, 3 oktyabr, seshanba kuni Yevroparlament veb-saytida tushuntirilganidek, bunday urinishlarning oldini olishdir. Tashabbus uchun 578 kishi yoqlab, 24 kishi qarshi ovoz berdi, 19 kishi betaraf qolgan.
«Savdo va investitsiyalar xorijiy kuchlar tomonidan qurol sifatida tobora ko‘proq qo‘llanayotgan global siyosiy kontekstda bu zo‘ravonlikka qarshi vosita YeI va unga a’zo davlatlar suverenitetini himoya qilishi kerak», deyiladi Yevropa Ittifoqi qonun chiqaruvchi organi saytida.
Iqtisodiy bosim nima?
Qayd etilishicha, iqtisodiy majburlash uchinchi davlat Yevropa Ittifoqi yoki YeI davlatiga muayyan qarorga erishish uchun bosim o‘tkazganida – masalan, savdo yoki sarmoyaviy choralar yoki ularni qabul qilish tahdidi orqali yuzaga keladi.
Bunday bosim Yevropa Ittifoqining strategik avtonomiyasiga putur yetkazadi, lekin JST qoidalari bilan tartibga solinmaydi. «Iqtisodiy majburlash Jahon savdo tashkilotining nizolarni hal qilish mexanizmiga faqat uning qoidalarini buzgan taqdirdagina tegishli bo‘ladi», deb tushuntirdi Yevropa parlamenti.
Agar Yevropa Ittifoqi yoki a’zo davlatga iqtisodiy bosim o‘tkazilayotganiga shubha tug‘ilsa, Yevropa komissiyasi tekshiruv o‘tkazishi uchun to‘rt oy vaqt beriladi. Shundan so‘ng, Yevropa kengashi sakkiz haftadan o‘n haftagacha ushbu masala bo‘yicha Yevropa komissiyasining xulosalari asosida ko‘pchilik ovoz bilan qaror qabul qilishi kerak.
«Asosiy maqsad uchinchi davlat bilan muloqotni yo‘lga qo‘yish va uning rasmiylarini majburlashni to‘xtatishga ko‘ndirishdir», - deyiladi Yevroparlament veb-saytida. - Ammo buning uddasidan chiqilmasa, Yevropa Ittifoqi turli qarshi choralarni qo‘llashi mumkin».
YeIga iqtisodiy bosim bo‘lgan taqdirda ehtimoliy qarshi choralar
Agar Yevropa komissiyasi gap iqtisodiy majburlash masalasi haqida ketayotganini aniqlasa va Yevropa kengashi buni tasdiqlasa, YeK tegishli javob choralarini tayyorlash uchun olti oyga ega. Yevroparlament deputatlari tomonidan tuzilgan, iqtisodiy majburlash holatlarida Yevropa Ittifoqi javob berishi mumkin bo‘lgan harakatlar ro‘yxati nafaqat tovarlar va xizmatlar savdosiga, balki intellektual mulk huquqlari va to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar bo‘yicha ham cheklovlarni o‘z ichiga oladi. Boshqa ehtimoliy qadamlar - Yevropa Ittifoqining xaridlar bozoriga va kapital bozoriga, shuningdek, kimyoviy va gigiyena standartlariga rioya etishni talab qiladigan mahsulotlar bozoriga kirishni cheklash.
Ma’lum bo‘lishicha, Yevropa Ittifoqi unga iqtisodiy bosim o‘tkazmoqchi bo‘lgan uchinchi davlatlardan «tovon puli» ham talab qilishi mumkin.
Mavzuga oid
08:53 / 23.06.2026
Starmer iste’fosidan so‘ng YeI – Buyuk Britaniya sammiti qoldirildi
08:58 / 19.06.2026
Orbansiz sammit: YeI Ukraina bo‘yicha yagona pozitsiyaga keldi
08:22 / 19.06.2026
Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarni ilk bor bir yilga uzaytirdi
09:45 / 16.06.2026