O‘zbekiston | 19:33 / 06.10.2023
41448
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvadan Toshkentga uchayotgan samolyot yo‘lovchisi vafot etdi

Moskvadan Toshkentga uchayotgan Uzbekistan Airways samolyoti yo‘lovchilardan birining sog‘lig‘i yomonlashgani sababli Urganchga favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi. Yo‘lovchi bortda vafot etgan.

Foto: Uzbekistan Airways

Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Moskvadan Toshkentga parvozni amalga oshirayotgan HY-604 reysi reysi Urganch aeroportiga favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabar berdi.

Bortida 236 yo‘lovchi bo‘lgan Boeing-787 ekipaji yo‘lovchilardan birining sog‘lig‘i yomonlashgani sababli zaxira aerodromga o‘tishga qaror qilgan.

Samolyot soat 16:59 da Urganchga qo‘ngan. Samolyot bortida 1978 yilda tug‘ilgan yo‘lovchi vafot etgani ma’lum qilingan.

Soat 18:48 da samolyot Urganchdan Toshkentga uchgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid