Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hukumat «Yashil energiya» sertifikati bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qildi
«Yashil energiya» sertifikatlari birjalar va birja faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik hamda birja savdolari qoidalariga muvofiq tovar-xomashyo birjasi orqali «yashil energetika seksiyasi»da sotiladi.
Vazirlar Mahkamasining «Yashil energiya» sertifikatlari joriy etilishini kengaytirish va «yashil moliyalashtirish» mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
«Yashil energiya» sertifikatlarini berish va muomalaga kiritish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
«Yashil energiya» sertifikatlari birjalar va birja faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik hamda birja savdolari qoidalariga muvofiq tovar-xomashyo birjasi orqali «yashil energetika seksiyasi»da sotiladi.
«Yashil energiya» sertifikatlarini muomalaga chiqarish hisobidan Iqtisodiyot va moliya vazirligiga tushadigan mablag‘lar Vazirlik huzuridagi Yashil iqtisodiyot loyihalari markazi loyiha ofisining alohida maxsus hisobvaraqlarida jamlanadi.
Sertifikatlarni hisobga olish, savdosini tashkil qilish hamda nazorat qilish ishlari emitent nomidan markaz tomonidan amalga oshiriladi.
Muayyan davr davomida qayta tiklanuvchi energiya manbalarida ishlab chiqarilgan va elektr tarmog‘iga uzatilgan tegishli miqdordagi MVt/soat elektr energiyasi uchun sertifikatlar faqat bir marta beriladi.
Sertifikatning amal qilish muddati chegaralanmagan. Foydalanilgan sertifikatlar ishtirokchi tomonidan platforma orqali hisobdan chiqariladi.
Mavzuga oid
08:16 / 19.06.2026
Qaysi davlatlar energiyani iste’mol qilganidan ko‘proq ishlab chiqaradi?
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
09:30 / 15.06.2026
Endi o‘qishni ko‘chirishda ham sertifikatlar uchun ball beriladi
21:33 / 25.04.2026