O‘zbekiston | 07:00 / 07.10.2023
7934
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda Rossiyaning bosh konsulxonasi ochiladi

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan ikki tomonlama hujjatlar imzolandi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putin keng ko‘lamli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini chuqurlashtirish to‘g‘risida qo‘shma bayonot qabul qildi.

Davlat rahbarlari huzurida ikki mamlakat hukumatlari va vazirliklari tomonidan imzolangan 10 ta hujjat almashildi. 

Samarqand shahrida Rossiya Federatsiyasining bosh konsulxonasini ta’sis etish, vakolatli iqtisodiy operator institutlarini o‘zaro tan olish, “Agroekspress” tezkor temiryo‘l tashuvlarini tashkil etish loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi bitimlar, Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2024-2025 yillar uchun hamkorlik dasturi, shuningdek, transport, ilm-fan, ta’lim va madaniyat sohalarida hamkorlik bo‘yicha hujjatlar shular jumlasidan.

Qayd etilishicha, ushbu kelishuvlar O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlikni bir qator istiqbolli yo‘nalishlarda yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid