Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Misrda isroillik sayyohlarga hujum qilindi. Uch kishi halok bo‘lgan
Foto: Videodan kadr
Misrning Aleksandriya shahrida isroillik sayyohlar guruhiga qarata o‘t ochildi. Bu haqda dastlab «Al-Arabiya» telekanali Misr xavfsizlik xizmatidagi manbaga tayanib xabar tarqatdi.
Manba otishma oqibatida bir misrlik halok bo‘lib, yana bir kishi yaralangani haqida xabar tarqatgandi. The Times of Israel mahalliy nashrlarga tayanib, kamida bir nafar isroillik halok bo‘lganini xabar qildi.
«Al-Jazira» va RT Arabic sayyohlar guruhiga politsiyachi tomonidan o‘t ochilgani haqida xabar qilgan.
Ko‘p o‘tmay Isroil TIV 8 oktyabr tongida mahalliy aholi vakili Aleksandriyaga kelgan isroillik sayyohlarga qarata o‘t ochganini tasdiqladi. Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, hujum oqibatida ikki isroillik, shuningdek, sayyohlarga gid sifatida hamrohlik qilgan bir misrlik halok bo‘lgan. Bundan tashqari, yana bir isroillik o‘rta darajada tan jarohati olgan. TIV xabarida sayyohlarga misrlik politsiyachi o‘t ochgani haqida ma’lumot yo‘q.
Mavzuga oid
19:13 / 16.02.2026
Isroil Falastin yerlarining «de-fakto anneksiyasi»ni tezlashtirdi
19:09 / 16.02.2026
Yuzlab o‘zbekistonliklar Isroilning G‘azoga qarshi urushida qatnashgan – Al Jazeera
19:17 / 15.02.2026
Misr kompaniyasi Jizzaxda ikkita shakar zavodi quradi
15:42 / 13.02.2026