07:38 / 10.10.2023
7717

Buxoroda ustachilik qilgan ikki erkak tok urishi oqibatida vafot etdi

Jondor tumanida ikki erkak tanishining uyida ustachilik qilayotgan paytda tok urishi oqibatida vafot etdi.

Foto: iStock

Joriy yilning 7 oktyabr kuni soat 17:05 lar atrofida Buxoro viloyati Jondor tumanida ikki fuqaro tok urishi oqibatida halok bo‘ldi, deya xabar berdi Gazeta.uz.

Tumanning Bahoriston mahallasida yashovchi fuqarolar — 34 yoshli R.M. hamda 29 yoshli B.Sh. qishloqdoshi S.A.ning uyida ustachilik qilayotgan paytida elektr toki urishi oqibatida vafot etgan.

Hozirda holat yuzasidan tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Mavzuga oid
Top