Samarqand viloyati Nurobod tumanida 5 yaşar bola tok urişi oqibatida vafot etdi. Bolalar ombudsmani holat yuzasidan kuzatuv olib bormoqda.

Aniqlanişiça, joriy yilning 16 may kuni Samarqand viloyati Nurobod tumanida yaşovçi, 2019 yilda tuğilgan R.M. (öğil bola) tok urişi natijasida vafot etgan.

Tuman prokuraturasi tomonidan tuzilgan tezkor tergov guruhi hodisa joyiga çiqib holat örganilganda, «Omondara» MFY, Çunqaymiş qişloği hududidagi tepalikdan 150-170 sm balandlikda ötgan elektr simini voyaga yetmagan R.M. uşlaşi oqibatida elektr toki urib, voqea joyida vafot etganligi aniqlangan.

Tezkor tergov guruhi tomonidan hodisa joyi közdan keçirilib, R.M.ning ölimi sabablarini aniqlaş maqsadida sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan.

Şuningdek, holat yuzasidan «Samarqand viloyat hududiy elektr tarmoqlari» AJga xizmat tekşiruvi tayinlangan.

Hozirda Nurobod tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.

Bolalar ombudsmani bola manfaatlari nuqtayi nazaridan holat böyiça öz kuzatuvini davom ettirişi, bu borada qöşimça axborot berilişi aytilgan.