Buxoro viloyatida fermerdan pul talab qilgan Jondor tumani prokurorining katta yordamçisi qölga olindi.

Qayd etilişiça, 2024 yilning iyun oyida Jondor tumani prokuraturasi tomonidan paxta va ğalla yetiştirişga ixtisoslaşgan fermer xöjalik rahbariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) 2-qismi «a» bandi bilan qözğatilgan jinoyat işi 2024 yilning noyabr oyida mazkur tuman sudi tomonidan körib çiqilib, sudlanuvçiga nisbatan oylik maoşining 20 foizini uşlab qolgan holda 2 yil muddatga axloq tuzatiş işlari jazosi tayinlangan.

Lekin sudlanuvçiga oğirroq jazo turi tayinlanişi lozimligi yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan sud hukmiga nisbatan kassatsiya protesti kiritilgan.

Vaziyatdan xabardor bölgan Jondor tumani prokurorining katta yordamçisi fermer xöjalik rahbariga nisbatan dastlabki instansiya tomonidan çiqarilgan hukmni sudya orqali özgartirişsiz qoldiriş evaziga 3 ming AQŞ dollari talab qilib, dastlab 500 dollarini olgan.

Ammo u qolgan 2,5 ming dollarni Buxoro şahrida olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va prokuratura organlari xodimlari tomonidan aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

DXX xodimlari tomonidan Urganç şahrida ötkazilgan tezkor tadbirda esa Majburiy ijro byurosining Xorazm viloyati boşqarmasi Suriştiruv va ma’muriy amaliyot şu’basi katta suriştiruvçisi qölga olingan.

U öz xizmat mavqeidan foydalanib, Şovot tumanida yaşovçi fuqaroni vakolatli hamkasblari orqali MIB tizimiga işga kiritib qöyiş evaziga 2 ming AQŞ dollari talab qilib, şundan 1,8 ming dollarini olgan vaqtida uşlangan.

Yuqoridagi holatlar böyiça jinoyat işlari qözğatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.