Xalq deputatlari Jondor tumani kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi xabar bermoqda.
Sessiyada taşkiliy masala körildi. Viloyat hokimi Botir Zaripov San’atillo Hikmatov boşqa işga ötişi munosabati bilan Jondor tumani hokimi lavozimidan ozod etiş töğrisidagi qarorni öqib eşittirdi.
Öz navbatida, Jamşid Xudoyevni Jondor tumani hokimi etib tayinlaş töğrisida viloyat hokimining qarori qabul qilingani deputatlarga ma’lum qilindi. Jamşid Xudoyevni Jondor tumani hokimi etib tayinlaş töğrisidagi qaror deputatlar tomonidan ma’qullandi.
Jamşid Xudoyev 1983 yilda Jondor tumanida tuğilgan. 2004 yilda Toşkent davlat yuridik institutini va 2009 yilda Buxoro davlat universitetini bitirgan. Mutaxassisligi – huquqşunos va iqtisodçi.
J.Xudoyev mehnat faoliyatini Boş prokuratura huzuridagi Soliq va valutaga oid jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamentining Qorovulbozor tumani bölimi suriştiruvçiligidan boşlab, uşbu tizimning Buxoro şahar bölimi inspektori, Buxoro va Sirdaryo viloyatlari boşqarmalari inspektori, Guliston şahar bölimi boşliği lavozimlarida işlagan.
2013 yildan beri tadbirkorlik tizimida faoliyat körsatmoqda. Bugungi kunga qadar Jondor tumanidagi «Çinor» fermer xöjaligini boşqarib kelayotgan edi.
- 2020 yil dekabridan buyon Jondor tumaniga hokimlik qilib kelgan San’atillo Hikmatov 2023 yil iyul oyida Navoiy viloyati hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari lavozimiga tayinlangandi.
- Bundan oldin Buxoro tumaniga yangi hokim tayinlangandi. Halim Safarov Buxoro tumani hokimi vazifasini bajaruvçi böldi. Tumanning oldingi hokimi Xayrullo Jörayev prezident tanqididan söng işdan olingan.

















