O‘zbekiston | 09:46 / 13.10.2023
10232
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev MDH sammitiga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston prezidenti Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun Bishkek shahriga jo‘nab ketdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning taklifiga binoan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Bishkek shahriga jo‘nab ketdi.

Sammit tadbirlari davomida MDH doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish, jumladan, savdo, investitsiyalar, sanoat kooperatsiyasi, innovatsiyalar, raqamlashtirish, transport, ta’lim, madaniyat va boshqa sohalarda qo‘shma dastur va loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqiladi.

Davlat rahbarlari xalqaro kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashadilar.

Yig‘ilish yakunida Hamdo‘stlik doirasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlariga doir qator bitim va qarorlarni qabul qilish ko‘zda tutilgan.

Mavzuga oid