11:36 / 13.10.2023
9917

Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonga yetib bordi

Bugun Qirg‘iziston poytaxtida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi sammiti bo‘lib o‘tadi. 

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Bishkek shahriga yetib bordi.

“Manas” xalqaro aeroportida davlat rahbarini Qirg‘iziston vazirlar mahkamasi raisi - prezident administratsiyasi rahbari Aqilbek Japarov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Bugun Qirg‘iziston poytaxtida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi sammiti bo‘lib o‘tadi. 

Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi kun tartibidan MDH doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish, jumladan, savdo, investitsiyalar, sanoat kooperatsiyasi, innovatsiyalar, raqamlashtirish, transport, ta’lim, madaniyat va boshqa sohalarda qo‘shma dastur va loyihalarni amalga oshirish masalalari o‘rin olgan.

Top