Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bog‘cha yo‘llanmasini olishning yangi tartibi joriy etildi
Endi yo‘llanma shakllanishi bilan SMS xabar orqali ariza raqami va maxfiy kod yuboriladi. Uni qog‘ozda olish shartmas.
Bog‘chaga joylashtirish uchun beriladigan yo‘llanmani endi Davlat xizmatlari markazidan olish shartmas. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, farzandini bog‘chaga joylashtirish uchun ariza Davlat xizmatlari markazi orqali berilgan bo‘lsa, bundan buyon yo‘llanma shakllanishi bilan SMS xabar orqali ariza raqami va maxfiy kod yuboriladi. Ushbu maxfiy kod bilan bog‘chaga borish va uni mudiraga aytish kifoya. Avval bunday yo‘llanma faqat qog‘oz shaklida DXM orqali olinardi.
Adliya vazirligining ta’kidlashicha, «maxfiy kod bog‘cha mudirasiga aytilmaguncha u yo‘llanmani ko‘ra olmaydi va bu bilan korrupsiya holatlari oldi olinadi».
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilda bog‘chaga joylashtirish uchun 1,4 mln dona, 2023 yil 9 oyi mobaynida 1 mln dona yo‘llanma shakllangan. Yangi tartib tufayli 6 tonna qog‘oz tejalishiga erishiladi.
Mavzuga oid
10:50 / 16.03.2026
Infratuzilma dasturidagi taqsimlanmagan mablag‘lar endi yangi tartibda ajratiladi
09:06 / 12.03.2026
Havodagi harakatni boshqarishga oid ayrim talablar bekor qilindi
09:13 / 06.03.2026
Xorijiy avtoulovlar uchun “tonirovka” bo‘yicha yangi tartib joriy etildi
14:11 / 27.02.2026