O‘zbekiston | 07:40 / 20.10.2023
17148
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda pulli avtobanlar qurilishi rejalashtirilmoqda

«Toshkent-Andijon», «Toshkent-Samarqand» yo‘nalishlari bo‘yicha pulli yo‘llarni va «Taxtaqoracha» dovonida pulli tonnelni qurish rejalashtirilgan.

Foto: iStock

Prezident tomonidan «Yo‘l xo‘jaligi sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaror imzolandi.

2025 yilda «Toshkent-Andijon», «Toshkent-Samarqand» yo‘nalishlari bo‘yicha pulli yo‘llarni va «Taxtaqoracha» dovonida pulli tonnelni qurish rejalashtirilgan.

Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini yuqori tezlikda harakatlanishga oid xalqaro talablarga muvofiq loyihalashtirish, qurish va rekonstruksiya qilish ishlarini amalga oshirish hamda kelgusida ushbu yo‘llarga muqobil yo‘llar mavjud bo‘lganda, «pulli yo‘llar» toifasiga o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

2024 yil 1 yanvardan:

  • avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari yakunlangan obektlarning asosiy konstruktiv elementlari bo‘yicha kamida 3 yillik kafolatli xizmat qilish muddati joriy qilinadi;
  • yilning harorat yuqori bo‘lgan vaqtlarida avtomobil yo‘llarida yuk tashuvchi transport vositalari va avtopoyezd (tirkama)larning (maxsus transport vositalaridan tashqari) harakatlanishiga mavsumiy cheklovlar o‘rnatiladi;
  • tajriba-sinov tariqasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda uzunligi 20 kmgacha bo‘lgan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini ekspluatatsiya qilish ishlariga autsorsing asosida xususiy sektor jalb qilinadi.

Mavzuga oid