Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda dalasini ichimlik suvi tarmog‘i orqali sug‘organ dehqon qamaldi
U 3 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
Qashqadaryo viloyati, Nishon tumanida dalasini bir necha yillar davomida ichimlik suvi tarmog‘i orqali sug‘orib kelgan dehqonga sud hukmi o‘qildi.
4 oktyabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Nishon tuman sudida Balxiyak qishlog‘ida yashovchi O‘.A.ga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Ma’lum bo‘lishicha, u 2010 yilda dehqon xo‘jaligi tashkil etib, «Talimarjon-Muborak» magistral suv quvuriga noqonuniy ulanib, ichimlik suvidan ekinlarini sug‘orib kelgan.
«Qashqadaryo suv ta’minoti» MChJ xodimlari tomonidan o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida uning bu qilmishi fosh bo‘lib, jamiyatga 282,7 mln so‘m zarar yetkazgani aniqlangan.
Sud to‘plangan hujjatlar va tomonlarning ko‘rsatmalarini o‘rganib, O‘.A.ni 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlagan. Shuningdek, yetkazilgan 282,7 mln so‘mlik zararni undirish haqida hukm chiqargan.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
08:29 / 26.05.2026
Qashqadaryoda IIB xodimi pora bilan ushlandi
19:41 / 20.05.2026
Qashqadaryoda 25 yoshli yigit sel oqizib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
11:45 / 18.05.2026