Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suzuki zinadan chiqa oladigan «to‘rt oyoqli» mototsikl ishlab chiqdi
Mazkur ixtiro tibbiyot muassasalarida bemorlar, keksa odamlarni tashishda ayni muddao bo‘lishi mumkin.
Yaponiyaning Suzuki kompaniyasi Japanese Mobility Show tadbirida MOQBA deb nomlangan yangi turdagi transport vositasi konsepsiyasini taqdim etdi.
U harakatlanish va muvozanatni ta’minlash usulini mustaqil ravishda tanlaydigan robotdir. Mototsik tekis yuzada harakatlanadigan g‘ildiraklar bilan ham jihozlangan, biroq u notekis joylarda ham harakatlana oladi.
MOQBA maksimal tezligi 32 km/s ekani aytilmoqda. U akkumulyatori to‘liq quvvatlantirilgach, 80 km masofani bosib o‘tish imkoniga ega.
MOQBA faqat bitta odamni ko‘tara oladi. Motosiklning afzalligi shundaki, odam uni boshqarishi shart emas, faqat yo‘nalishni belgilash kifoya. Bu harakatlanishi cheklangan yoki jarohatlanganlarni tashish imkonini beradi.
Mazkur ixtiro tibbiyot muassasalarida bemorlar, keksa odamlarni tashishda ayni muddao bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
20:26 / 12.06.2026
Trampning shov-shuvli smartfoni Xitoy telefonining to‘liq nusxasi bo‘lib chiqdi
22:16 / 11.06.2026
Routerni qanchalik tez-tez qayta ishga tushirish kerak: ko‘pchilik unutadigan qoida
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
20:36 / 06.06.2026