Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
HAMAS garovga olingan ikki nafar amerikalik ayolni ozod qildi
Ona va qiz garovdan «gumanitar sabablarga ko‘ra» ozod etilgan. Bunga Qatar davlati vositachilik qilgan.
Falastinning HAMAS harakati garovda bo‘lgan ikki nafar AQSh fuqarosini Qatarning vositachiligida ozod qildi.
Tashkilot bayonotida aytilishicha, ona va qiz garovdan «gumanitar sabablarga ko‘ra», «Amerika xalqi va butun dunyoga AQSh prezidenti Jo Bayden va uning ma’muriyati bayonotlari yolg‘on ekanini isbotlash uchun» ozod qilingan.
Isroil rasmiylari garovdagi ayollar ozod etilganini tasdiqladi. Onaning ismi Yyexudit Raanan, uning qizi Natali ekani aytilmoqda. Ular 7 oktyabr kuni Naxal Oz qishlog‘ida garovga olingan.
Ozod qilinganlar Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi qaramog‘iga o‘tkazilgan.
Isroil rasmiylari ma’lumotiga ko‘ra, 7 oktyabr kuni HAMAS vakillari Isroilga hujum chog‘ida 200 dan ortiq odamni garovga olgan. HAMAS 200-250 kishini ushlab turilganini aytmoqda.
Mavzuga oid
09:56 / 08.07.2026
Hamas G‘azodagi fuqarolik hukumatini tarqatib yubordi
17:20 / 02.07.2026
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
00:14 / 29.06.2026
Isroil hukumati Usmoniylar imperiyasida armanlar genotsidi bo‘lganini tan oldi
10:45 / 27.06.2026